Pxuketda suv toshqini xavfi sabab qizil xavf darajasi eʼlon qilindi
Jala yomgʻirlar va qoʻshni hududlardan suv oqib kelishi Tailand janubida transport qatnovida uzilishlarga sabab boʻldi.
29-oktabr, 15:58По-русски

Bang-Yai kanali boʻyida yashovchi aholi va biznes egalari elektr jihozlari hamda qimmatbaho buyumlarni zudlik bilan yuqori qavatlarga koʻtarishga chaqirildi.
Chalong hududida tirbandliklar yuzaga keldi, ayrim uchastkalardan esa yengil avtomobillar va mototsikllarda oʻtib boʻlmay qoldi. Tailand Meteorologiya departamenti momaqaldiroqli yomgʻirlar mamlakat janubiy sohil hududining 70 foiziga taʼsir qilishidan ogohlantirdi.



