Qozogʻistonda boylar uchun soliqlarni oshirish masalasi muhokama qilinmoqda
Qozogʻiston Prezidenti Qosim-Joʻmart Toqayev katta boylik egalari uchun oshirilgan soliq stavkasini joriy etish masalasini koʻrib chiqishni taklif qildi. U bu haqda mamlakat xalqiga yoʻllagan murojaatida maʼlum qildi.
29-oktabr, 18:08По-русски

commons.wikimedia.org — Қазақстан премьер-министрі
Prezidentning soʻzlariga koʻra, gap qonuniy ravishda orttirilgan mol-mulkni cheklash haqida emas, balki soliq yukini adolatli taqsimlash haqida bormoqda. Hukumat va Qurultoyga tashabbusni oʻrganish hamda takliflar tayyorlash topshirildi.
Toqayev, shuningdek, soliq maʼmuriyatida raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni faolroq joriy etishga chaqirdi.
Qozogʻistonda hashamat soligʻini joriy etish imkoniyati avval ham bir necha bor muhokama qilingan.




