Shavkat Mirziyoyev TDT mamlakatlari oʻrtasida ID-kartalar orqali safar qilishga ruxsat berishni taklif qildi
30-oktabr kuni Anqarada boʻlib oʻtgan Turkiy davlatlar tashkilotining (TDT) 13-sammitida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashkilotga aʼzo mamlakatlar fuqarolarining oʻzaro safarlarini soddalashtirish boʻyicha koʻp tomonlama kelishuv ishlab chiqishni taklif qildi.
30-oktabr, 16:11По-русски

president.uz — Официальный веб-сайт Президента Республики Узбекистан
Hujjat chegaralarni kesib oʻtishda ID-kartalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishni nazarda tutishi kerak.
Bundan tashqari, Mirziyoyev tashkilotga aʼzo davlatlarning turizm salohiyatini rivojlantirish uchun «Turkiy turizm alyansi»ni tuzishni taklif qildi.
Hozirda Oʻzbekiston va Qirgʻiziston fuqarolari chegarani ID-kartalar orqali kesib oʻtishi va qoʻshni mamlakatda 60 kungacha boʻlishi mumkin.




