Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Dushanba, 2-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Osiyo va Yaqin Sharq

Xitoyda minglab notanishlar internetdagi taklifdan soʻng yetim yigitning toʻyiga keldi

Minglab odam 24 yoshli Syu Chengxunning internetdagi taklifidan soʻng Xitoyning Yunnan provinsiyasiga uning toʻyiga bordi. Mehmonlar koʻpligi sababli ziyofatni mahalliy shaharchadagi maydonga koʻchirishga toʻgʻri keldi.

2-noyabr, 18:58По-русски

Read in English

Syu uch yoshga toʻlganida otasi vafot etdi, oradan ikki yil oʻtib esa onasi boshqa turmush qurdi. Avvaliga uni buvisi tarbiyaladi, buvisi vafot etganidan keyin esa u akasi bilan qarindoshlar koʻmagida ulgʻaydi. Yigit maktabni tashlab, oʻzini taʼminlash uchun ishlay boshladi.

Syu boʻlajak rafiqasi bilan internetda tanishgan. U uch yil davomida toʻy uchun qariyb 160 000 yuan (taxminan 287 mln soʻm) jamgʻardi.

Toʻy oldidan Syu mehmonlar kam kelishidan xavotirlandi va internetda istaganlar uchun taklifnoma eʼlon qildi. Natijada Xitoyning turli hududlaridan notanish odamlar toʻyga keldi. Ular oziq-ovqat va maishiy texnika olib kelib, bayramni tashkil etishga yordam berdi. Taomlar tayyorlashga 100 nafardan ortiq oshpaz qoʻshildi.

Mehmonlar soni koʻpligi sababli dastlabki joy juda kichik boʻlib chiqdi. Mahalliy hokimiyat ziyofatni jamoat maydoniga koʻchirishni tashkil etdi, harakatni tartibga solish va jamoat tartibini taʼminlashga yordam berdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing