Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Seshanba, 3-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
AQSH va Yevropa

«Tenerife» futbolchisi oʻyin vaqtida darvozabon bilan toʻqnashuvdan soʻng vafot etdi

Fojia bir kun avval 12-tur doirasidagi «Andorra»ga qarshi uchrashuvda yuz berdi. Oʻyin durang — 2:2 hisobida yakunlandi.

3-noyabr, 15:29По-русски

Read in English

instagram.com/cdtoficial

Ikkinchi boʻlimga qoʻshib berilgan vaqtning yettinchi daqiqasida mehmonlar darvozaboni Jesus Ovono markaziy maydonda toʻpni egallashiga yoʻl qoʻymaslikka urinib, de Migelni qattiq yiqitdi va darhol toʻgʻridan-toʻgʻri qizil kartochka oldi. Hujumchi maydonda yotib qoldi, bir necha soniyadan soʻng esa futbolchilar uning hushsiz ekanini anglashdi. Futbolchini tez yordam mashinasida shifoxonaga olib ketishdi. Keyinroq uning yuragi urishi va nafas olishi toʻxtagani maʼlum boʻldi.

Seshanba kuni ertalab klub de Migelning nevrologik holati yomonlashganini maʼlum qildi va yaqin soatlar ichida qoʻshimcha axborot berishga vaʼda berdi. Oradan biroz vaqt oʻtib, «Tenerife» 30 yoshli ispaniyalik futbolchining vafot etganini eʼlon qildi.

«Yuragimizdagi ogʻriq va tomogʻimizdagi alam bilan, roʻy bergan voqeaga hali ham ishonolmay, “Tenerife” Jesus de Migelning fojiali vafot etganini maʼlum qiladi. U 2026 yil 3 noyabr, seshanba kuni soat 08:00 da vafot etdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Tasalli berishga qodir soʻzlar yoʻq, bu qaygʻuni yengillashtira oladigan hech narsa ham mavjud emas. Biz uning qaygʻudan ezilgan oilasi, yaqinlari va bugun ushbu dahshatli yoʻqotish uchun aza tutayotgan barcha insonlar bilan birgamiz.

Jesus de Migelning oilasi bildirilgan har bir hamdardlik soʻzi uchun minnatdor va ayni paytda ogʻir damlarda ularning shaxsiy hayotiga imkon qadar hurmat bilan munosabatda boʻlishni samimiy soʻraydi», — deyiladi klub bayonotida.

Yana oʻqing