Sayohatchi qariyb oʻttiz yil oʻtib uyiga qaytdi
Britaniyalik Karl Bushbi piyoda dunyo boʻylab sayohatini yakunlab, yoʻlga chiqqanidan 28 yil oʻtib Xallga qaytdi. Uni yuzlab shahar aholisi kutib oldi.

Bushbi yoʻlini 1998 yilda Chilida boshlagan. U transportdan foydalanmaslikka va sayohatini yakunlamaguncha uyiga qaytmaslikka vaʼda bergan.
Safar davomida britaniyalik sayohatchi qariyb 50 ming kilometr masofani bosib oʻtdi va 30 ta davlatdan oʻtdi. Uning yoʻnalishi Janubiy va Shimoliy Amerika, muzlagan Bering boʻgʻozi, Rossiya, Moʻgʻuliston, Xitoy, Markaziy Osiyo hamda Yevropani qamrab olgan.
Sayohatchini ona shahri Xallida yuzlab odam kutib oldi. Ular orasida uning 75 yoshli onasi, 36 yoshli oʻgʻli va u ilk bor uchrashgan 12 yoshli nabirasi ham bor edi.
Yoʻlning yakuniy qismi La-Mansh boʻgʻozidan oʻtish va Xallgacha piyoda borishdan iborat boʻldi. Qaytganidan soʻng Bushbi odamlarni juda uzoq kutishga majbur qilganini hazillashdi.
Yaqin ikki oy ichida u jamoatchilik oldida chiqishlar qilishni va memuarlari ustida ishlashni davom ettirishni rejalashtirmoqda. Nemis rejissyori Verner Hertsog ham sayohat haqida hujjatli film tayyorlamoqda.





