Buyuk Britaniya migrantlarning aksariyati uchun doimiy yashash ruxsatini kutish muddatini uzaytiradi
Buyuk Britaniya Ichki ishlar vaziri Shabana Mahmud yillik daromadi £50 mingdan kam boʻlgan migrantlar uchun doimiy yashash ruxsatini kutish muddatini ikki baravar oshirish rejalashtirilayotganini maʼlum qildi.

Buyuk Britaniya migrantlarning aksariyati uchun doimiy yashash ruxsatini (PMJ) kutish muddatini besh yildan oʻn yilgacha uzaytirishni rejalashtirmoqda. Islohotni Ichki ishlar vaziri Shabana Mahmud taqdim etdi. Oʻzgarishlarni 2027-yilda joriy etish rejalashtirilgan.
Yangi qoidalarga koʻra, yillik daromadi £50 mingdan ortiq boʻlgan xodimlar, shuningdek, shifokorlar, oʻqituvchilar va hamshiralar besh yildan soʻng doimiy yashash ruxsatiga daʼvogarlik qilishlari mumkin boʻladi. £125 mingdan koʻproq daromad topadiganlar uchun bu muddat uch yilgacha qisqartiriladi.
Immigratsiya qoidalarini buzganlar kamida 20 yil kutishiga toʻgʻri keladi, noqonuniy yoʻllar orqali kelgan ayrim qochqinlar esa 30 yilgacha kutishi mumkin.
Nafaqa olganlar ariza topshirishdan oldin davlat yordamisiz besh yil yashashi talab etiladi. Yangi qoidalar hozircha kuchga kirgani yoʻq.





