Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Chorshanba, 4-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Yer va fan

Nemis olimlari 101 yoshli inson hujayralarini laboratoriyada yoshartirishga muvaffaq boʻldi

Bonn va Axen tadqiqotchilari inson hujayralarining epigenetik yoshini sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradigan usulni oʻrgandi. Tajriba yangi tugʻilgan chaqaloqdan 101 yoshgacha boʻlgan 15 nafar koʻngillining qon namunalarida oʻtkazildi, deb xabar beradi Euronews.

4-noyabr, 17:12По-русски

Read in English

Olimlar eritrotsitlar prekursor hujayralarini miya hujayralari shakllanishi mumkin boʻlgan nerv oʻzak hujayralariga aylantirish uchun ikkita — SOX2 va cMYC — gendan foydalandi. Laboratoriyada taxminan 50 kun davomida oʻstirilgach, hujayralardagi qarishning epigenetik belgilarining aksariyati yoʻqoldi.

Epigenetik markerlar asosidagi baholashga koʻra, olingan hujayralarning yoshi dastlab donorlar yoshining taxminan 13 foizini tashkil etgan, keyinchalik oʻstirish davomida esa 5 foizdan ham kamga tushgan.

Tadqiqotchilar texnologiya qarish mexanizmlari va yosh bilan bogʻliq kasalliklarni, jumladan, Altsgeymer hamda Parkinson kasalliklarini oʻrganishga yordam beradi, deb hisoblaydi. Biroq hujayralarni yoshartirishga hozircha faqat inson organizmidan tashqarida erishildi. Ushbu usul asosida davolash usulini ishlab chiqishga hali ancha bor.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing