GTA 6 uchun oldindan buyurtmalar oʻyin chiqishiga ikki hafta qolganida 751 mln dollarga baholandi
Sensor Tower bahosiga koʻra, 3 noyabr holatiga PlayStation 5 va Xbox foydalanuvchilari GTA 6’ning 7,71 mln nusxasiga oldindan buyurtma bergan. Buyurtmalarning umumiy qiymati 751 mln dollarni tashkil etgan.

Buyurtmalarning 74 foizi PlayStation hissasiga toʻgʻri keladi — taxminan 559 mln dollar. Xbox ulushi esa 26 foizni, yaʼni 192 mln dollarni tashkil etadi. Gap ishlab chiquvchining tasdiqlangan daromadi haqida emas, balki raqamli oldindan buyurtmalar boʻyicha berilgan baho haqida ketmoqda.
Oʻyinning chiqishi 2026 yil 19 noyabrga rejalashtirilgan. Taqqoslash uchun: GTA 5 relizdan keyingi dastlabki sutkada 800 mln dollar, uch kunda esa 1 mlrd dollar daromad keltirgan. Biroq bu koʻrsatkichlarni toʻgʻridan-toʻgʻri taqqoslab boʻlmaydi: GTA 6 boʻyicha oldindan buyurtmalar, GTA 5 boʻyicha esa oʻyin chiqqanidan keyingi savdolar hisobga olinmoqda.
Qimmatroq nashrlarga boʻlgan yuqori qiziqish sodiq muxlislarning faolligi bilan izohlanishi mumkin. Standart versiya 80 dollar, Ultimate Edition esa 100 dollar turadi.
Take-Two oldindan buyurtmalar sonini oshkor qilmadi.





