Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Payshanba, 5-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Dunyo

Braziliyada tornado bir necha shaharga zarba berib, aeroportni vayron qildi

Tornado va kuchli boʻron Braziliyaning Santa-Katarina shtatiga yopirildi: Shapeko aeroporti nomaʼlum muddatga yopildi, maktablar va davlat muassasalari faoliyatini toʻxtatdi.

5-noyabr, 19:45По-русски

Braziliyaning janubidagi Santa-Katarina shtatida kuchli boʻronlar, jala yomgʻirlar va kuchli shamol tufayli qizil xavf darajasi eʼlon qilindi. Ogohlantirishni mamlakat Milliy meteorologiya instituti (INMET) tarqatdi.

Tabiiy ofat bir necha shaharga zarar yetkazdi. Shamol daraxtlarni qulatib, tomlarni uchirib ketdi, koʻchalarni esa suv bosdi. Ayrim hududlarda qutqaruvchilar qulash xavfi boʻlgan binolardan odamlarni olib chiqish uchun yirik operatsiyalar oʻtkazdi.

Tornado eng katta zararni Shapeko shahridagi aeroportga yetkazdi. Kutish zali joylashgan bino vayron boʻldi, yerda turgan samolyotlar shikastlandi. Aeroport nomaʼlum muddatga yopildi.

Noqulay ob-havo sababli hukumat maktablar va davlat muassasalari faoliyatini toʻxtatdi, aholini esa xavfsiz joylarga evakuatsiya qilinishga chaqirdi. Shu bilan birga, odamlarga avtomagistrallarga chiqmaslik tavsiya etildi, chunki xavf darajasi hamon yuqori.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing