Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Juma, 6-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Iqtisodiyot

«Navoiyuran» 2030-yilgacha uran qazib olishni ikki baravar oshirmoqchi

Oʻzbekistonda uran ishlab chiqarishni 2026-yildagi 7,5 ming tonnadan 2030-yilgacha 15 ming tonnagacha oshirish rejalashtirilmoqda.

5-noyabr, 18:19По-русски

Read in English

Bu rejalar 5-noyabr kuni «Navoiyuran» korxonasini rivojlantirish boʻyicha yigʻilishda prezident Shavkat Mirziyoyevga taqdim etildi.

Maqsadga erishish uchun geologik qidiruv ishlari, texnologik burgʻilash va ishlab chiqarish infratuzilmasi kengaytiriladi. Uskunalarni oʻrnatish 250 ta ish oʻrni yaratish imkonini beradi. 2030-yilgacha sulfat kislotasi oʻrnini bosuvchi reagentlar ulushini 40 foizgacha yetkazish rejalashtirilgan.

Shuningdek, uranning razvedka qilingan zaxiralarini 200 ming tonnagacha oshirish vazifasi qoʻyildi. Yigʻilishda keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, soʻnggi yillarda jahonda uranga boʻlgan talab 15–20 foizga oshgan, 2030-yilgacha esa yana 28 foizga koʻpayishi mumkin. Hokimiyat organlariga investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida amalga oshirish topshirildi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing