Toshkentda 2030 yilgacha yana 29 ta metro bekati ochish rejalashtirilmoqda
2030 yilgacha Toshkent metropoliteni bekatlari sonini 50 tadan 79 tagacha oshirish rejalashtirilmoqda.

Buning uchun poytaxtda yana 29 ta bekat va 32 km metro liniyasi quriladi. Bu haqda metropoliten boshqaruvi raisi oʻrinbosari Yuldash Yusupov matbuot anjumanida maʼlum qildi.
Hozir tarmoqning uzunligi 71 kmni tashkil etadi, kengaytirishdan soʻng esa 103 kmga yetishi kerak. Soʻnggi yetti yil ichida poytaxtda 21 ta bekat ochildi va 33 km yoʻl yotqizildi.
Shu bilan birga, rasmiylar kunlik yoʻlovchilar oqimini hozirgi 1,2 mln nafardan ortiq koʻrsatkichdan 1,8 mln nafargacha oshirishni hamda poyezdlar qatnovi oraligʻini 2–3 daqiqagacha qisqartirishni rejalashtirmoqda. 2027 yilda 14 ta besh vagonli poyezd tarkibini xarid qilish rejalashtirilgan. Tarmoqni kengaytirish va poyezdlarni yangilash metropolitenning ortib borayotgan yuklamani koʻtarishiga yordam berishi kerak.




