Xitoyda Tayshan togʻida robotlar poygasi boʻlib oʻtdi
Xitoyda mamlakatning YUNESKO roʻyxatiga kiritilgan besh muqaddas togʻidan biri — Tayshanga koʻtarilish boʻyicha robotlar oʻrtasidagi ilk Butunjahon musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Musobaqada 90 ga yaqin jamoa qatnashdi. Uzunligi 3,9 km boʻlgan yoʻnalishda 3100 dan ortiq pogʻona va qariyb 600 metr balandlik farqi bor edi.
Toʻrt oyoqli robotlar poygasida Beijing Lingyi Technology jamoasi roboti gʻalaba qozonib, masofani 43 daqiqa 41 soniyada bosib oʻtdi. Shu bilan birga, ishlab chiquvchining maʼlumotiga koʻra, UNIUBI kompaniyasi roboti dastlabki sinov vaqtida yoʻnalishni 35 daqiqa 47 soniyada bosib oʻtgan. Oddiy sayyohlarga bunday koʻtarilish uchun qariyb ikki soat kerak boʻladi.
Dastur toʻrtta asosiy yoʻnalishni qamrab oldi: odam qiyofasidagi va toʻrt oyoqli robotlarning tezlikka koʻtarilishi, yuk tashish hamda ekzoskeletlar sinovi. Musobaqalar texnikaning barqarorligi, avtonom ishlashi va murakkab relyefda ishlash qobiliyatini baholash imkonini berdi.




