Hindistonda yoʻlovchi poyezdining toʻrtta vagoni yonib ketdi
Hindistonda «Karmabhumi ekspress» yoʻlovchi poyezdi harakatlanayotgan paytda uning toʻrtta vagoni yonib ketdi. Poyezd Amritsardan Nyu-Jalpaiguriga yoʻl olgan edi, deb xabar berdi The Times of India telekanali.

Yongʻin yoʻlovchilar orasida vahima uygʻotdi. Xavfsizlik tizimi ishga tushgach, poyezd toʻxtadi va yoʻlovchilar vagonlarni tark etdi. Uchta vagonni olov qamrab oldi, toʻrtinchisi esa qisman zarar koʻrdi.
Shimoliy temir yoʻl vakili Himanshu Shekhara Upadhyayaning soʻzlariga koʻra, voqea joyiga tegishli xizmatlar yetib kelib, yongʻinni oʻchirishga kirishgan.
Hindiston temir yoʻl maʼmuriyatining maʼlumotlariga koʻra, halok boʻlganlar va jabrlanganlar yoʻq. Safarni davom ettirish uchun yoʻlovchilarga boshqa poyezd taqdim etildi. Yongʻin sabablari hozircha aniqlanmagan.





