Tramp Dmitriyev bilan uchrashuvdan soʻng Ukraina boʻyicha «katta bitim» vaʼda qildi
Donald Tramp payshanba kuni Oq uyda Vladimir Putinning maxsus vakili Kirill Dmitriyev bilan uchrashuv oʻtkazganini aytdi.
6-noyabr, 18:30По-русски

commons.wikimedia.org — Official website of the President of Russia
AQSh prezidenti suhbat tafsilotlarini oshkor qilmadi. U faqat kelishuv yirik boʻlishini, nafaqat Ukrainaga taalluqli ekanini va ehtimol butun Yevropaga yoyilishini vaʼda qildi. Dmitriyevning oʻzi esa uchrashuvni hozircha tasdiqlamadi.
Rossiya vakili Vashingtonga Melaniya Trampning Oleshki aholisi evakuatsiyasi uchun tuzilgan sulhga bagʻishlangan tadbiriga keldi. Trampning aytishicha, Ukraina delegatsiyasi ham u yerda boʻlgan, biroq u delegatsiya bilan uchrashmagan.
AQSh, Ukraina va Rossiya oʻrtasidagi muzokaralarning navbatdagi raundi kelasi hafta Birlashgan Arab Amirliklarida boʻlib oʻtadi.





