Misrda ikki poyezd toʻqnashuvida yetti kishi halok boʻldi
Misrda ikki yoʻlovchi poyezdi toʻqnashuvi oqibatida halok boʻlganlar soni yetti nafarga yetdi, yana 112 kishi jarohat oldi. Bu haqda TASS mamlakat Sogʻliqni saqlash vazirligiga tayanib xabar berdi.

Avariya 8-noyabr kuni ertalab Al-Ayyot shahri yaqinida yuz berdi. Gizadan Fayumga yoʻl olgan poyezd Qohiradan Asvonga ketayotgan tarkibning oxirgi vagoniga urildi. Toʻqnashuv oqibatida bir nechta vagon relsdan chiqib ketdi.
Misr Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, jabrlangan 45 kishi allaqachon shifoxonalardan chiqarilgan, yana yetti kishi ahvoli yaxshilangach, uyiga chiqarishga tayyorlanmoqda.
Mamlakat prezidenti Abdel Fattah as-Sisi halok boʻlganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi va avariya sabablarini tergov qilishni topshirdi. Shuningdek, u hodisada aybdorlarni javobgarlikka tortishni talab qildi.





