Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Dushanba, 9-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
AQSH va Yevropa

Florida shtatida samolyot shosseda favqulodda qoʻnib, pikap bilan toʻqnashdi

AQShning Florida shtatida Cessna 172D Skyhawk yengil samolyoti gavjum yoʻlga avariya qoʻnishini amalga oshirib, pikapga tegib ketdi.

9-noyabr, 15:09По-русски

Read in English

Hodisa 7 noyabr kuni tush paytida I-75 trassasidan uzoq boʻlmagan Nort-Fort-Mayers hududida yuz berdi, deb xabar berdi FOX 13 telekanali.

Samolyot bortida ikki nafar uchuvchi boʻlgan. Texnik nosozlik sababli ular samolyotni Bayshore Road shossesiga qoʻndirishga qaror qilgan. Samolyot pastlayotganda sharq tomon harakatlanayotgan pikapning orqa qismiga urilgan. Qoʻnish jarayoni videoga tushib qolgan.

Li okrugi sherifi idorasi maʼlumotlariga koʻra, hech kim jabrlanmagan. Nosozlik sabablarini AQSh Federal fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi (FAA) aniqlamoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing