DR Kongo Respublikasida Ebola tufayli vafot etganlar soni 5,3 mingdan oshdi
Demokratik Kongo Respublikasida Ebola isitmasi tarqalishi boshlanganidan beri 7 noyabrga qadar kasallikning 10 920 ta tasdiqlangan holati qayd etildi, shulardan 5 323 tasi oʻlim bilan yakunlangan.

Oʻlim darajasi 48,7 foizni tashkil etdi, deb xabar beradi TASS mamlakat Milliy jamoat salomatligi instituti maʼlumotlariga tayanib.
Epidemiyaning markazi hanuz Ituri provinsiyasi boʻlib qolmoqda — kasallanganlarning qariyb 70 foizi shu yerda aniqlangan. Infeksiya sakkizta provinsiyadagi 67 ta tibbiy zonaga tarqaldi. Kasallik tarqalishi kam uchraydigan Bundibugyo virusi bilan bogʻlanmoqda. Hozircha unga qarshi litsenziyalangan vaksina va maxsus davolash usuli mavjud emas.
Epidemiya may oyida DR Kongo va Ugandada boshlandi. Uganda iyul oyida epidemiya yakunlanganini eʼlon qildi, keyinchalik bu holatni Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti ham tasdiqladi. Oktyabr oyida kasallik holatlari Keniya va Nigeriyada ham aniqlandi.





