Sovuq tushganda metan zapravkalari faoliyati vaqtincha cheklanishi mumkin — Energetika vazirligi
Sovuq tushadigan davrlarda avtomobillarga siqilgan tabiiy gaz quyish shoxobchalari (AGNKS) faoliyati hokimliklar bilan kelishilgan jadvallar asosida vaqtincha cheklanishi mumkin. Isteʼmolchilarni bu haqda oldindan ogohlantirish vaʼda qilinmoqda.

Tabiiy gazni taqsimlashda xonadonlar, maktablar, bolalar bogʻchalari, shifoxonalar va boshqa ijtimoiy obyektlarga ustuvorlik beriladi. Cheklovlar hokimliklar bilan kelishilgan jadvallar asosida joriy etiladi.
Bu choralar 10–12 noyabr kunlari kutilayotgan keskin sovish fonida zarur boʻlishi mumkin. Ushbu davrda yomgʻir, ayrim joylarda kuchli yomgʻir yogʻishi prognoz qilinmoqda; tunda havo harorati 0…+5 darajagacha, shimolda esa −2…−7 darajagacha pasayadi, kunduzi +7…+12 daraja boʻlishi kutilmoqda.
2025/2026-yillar isitish mavsumida havo haroratining pasayishi fonida metan zapravkalari faoliyati allaqachon bir necha bor cheklangan. Propan shoxobchalari qishda ishlashda davom etdi, biroq ularda navbatlar paydo boʻldi, metan mavjudligi qisqarganida esa avtomobilchilarning bir qismi benzinga oʻtdi.





