Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Seshanba, 10-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Dunyo

Dunyoda internetdan aholining qariyb toʻrtdan uch qismi foydalanadi

Xalqaro elektraloqa ittifoqi (ITU)ning yangi hisobotiga koʻra, 2026-yilda internet foydalanuvchilari soni 6,3 milliard kishiga yetdi.

10-noyabr, 17:00По-русски

Shu bilan birga, sayyoramizning qariyb 2 milliard aholisi hanuz internetdan tashqarida qolmoqda, deb xabar beradi Naked Science Visual Capitalist infografikasiga tayanib.

2024–2025-yillar ma’lumotlari asosida tuzilgan xaritaga ko‘ra, Bahrayn, Quvayt, Saudiya Arabistoni va BAAda internet qamrovi deyarli 100 foizni tashkil etadi. Daniya, Lyuksemburg, Monako va Norvegiya bu ko‘rsatkichlarga yaqinlashmoqda. Internet foydalanuvchilari ulushi bo‘yicha Malayziya AQSh va Yaponiyadan oldinda.

Eng past ko‘rsatkichlar Burundi (8,6%), Uganda (8,95%), Chad (12,63%), Markaziy Afrika Respublikasi (13,78%) va Afg‘onistonda (16,09%) qayd etilgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Mamlakatlar o‘rtasidagi tafovut aholining daromadlari, aloqa xizmatlaridan foydalanish imkoniyati va raqamli infratuzilmaning rivojlanishidagi farqlar bilan izohlanadi. Ulanishlar soni ortib borayotganiga qaramay, insoniyatning qariyb chorak qismi hanuz internetdan foydalanmaydi.

Infografika: Iswardi Ishak, Voronoi
Infografika: Iswardi Ishak, Voronoi
Manba: datahub.itu.int

Yana oʻqing