Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Seshanba, 10-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
AQSH va Yevropa

Makronlar Brijitni erkak boʻlib tugʻilgan deb daʼvo qilayotgan Kendis Ouensga qarshi ikkinchi daʼvo arizasini berdi

Ular Ouensni Brijit Makron erkak boʻlib tugʻilgan degan yolgʻon daʼvoni tarqatishda davom etayotganlikda ayblamoqda.

10-noyabr, 18:51По-русски
commons.wikimedia.org — European Commission

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va uning rafiqasi Brijit konservativ faola Kendis Ouensga qarshi AQSh sudiga yana murojaat qildi. Ular Ouensni Brijit Makron erkak boʻlib tugʻilgan degan yolgʻon daʼvoni tarqatishda davom etayotganlikda ayblamoqda.

Yangi daʼvo arizasi 4 noyabr kuni Ouens yashaydigan Tennessi shtatidagi federal sudga topshirildi. Daʼvogarlarning aytishicha, faola birinchi daʼvodan keyin ham toʻxtamagan, aksincha, bayonotlarini yanada keskinlashtirgan. Er-xotin bu bayonotlar ularga «katta zarar» yetkazgani va «xalqaro tahqirlash kampaniyasi»ga aylanganini yozgan. Ularning fikricha, Ouensga haqiqat emas, mashhurlik kerak.

Bu Makronlarning AQShda oʻz obroʻsini himoya qilishga ikkinchi urinishi. Ular birinchi daʼvoni 2025 yil yozida Delaver shtatida bergan edi. U yerda sudya daʼvoni qisman rad etdi: u sudning er-xotinning oʻz daʼvolarini koʻrib chiqish vakolati yoʻq, degan qarorga keldi. Biroq sudya Ouens bilan bogʻliq ikki kompaniyaga qarshi ishni davom ettirishga ruxsat berdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing