Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Chorshanba, 11-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
AQSH va Yevropa

Vanderbilt universitetiga maʼlumotlarni oʻgʻirlaganini daʼvo qilgan BYOD tovlamachilari hujum qildi

AQShning Tennessi shtatidagi Vanderbilt universiteti keng koʻlamli kiberhujumga duch keldi. Hujumchilar talabalar va xodimlarning shaxsiy maʼlumotlarini oʻgʻirlaganini daʼvo qilmoqda, deb xabar berdi BleepingComputer.

11-noyabr, 16:40По-русски

Read in English

Universitet rahbariyati hodisani 9 noyabr kuni tasdiqlab, talabalar va oʻqituvchilardan xizmat kompyuterlarini oʻchirib qoʻyish hamda universitet Wi-Fi tarmogʻiga ulanmaslikni soʻradi. Hujum bir qator raqamli xizmatlar faoliyatini izdan chiqardi.

Hujum uchun javobgarlikni BYOD xakerlar guruhi oʻz zimmasiga oldi. Guruh daʼvosiga koʻra, jinoyatchilar universitet maʼlumotlar bazalarini bloklagan, ilmiy materiallar, shaxsiy maʼlumotlar va AQShdagi ijtimoiy taʼminot raqamlarining bir milliondan ortigʻiga kirish olgan. Xakerlar ular bilan muzokaralar boshlanmasa, maʼlumotlarni eʼlon qilish bilan tahdid qilmoqda.

Universitet hozircha na taxmin qilinayotgan maʼlumotlar sizib chiqishining koʻlamini, na BYOD guruhining bunga aloqadorligini tasdiqladi. 10 noyabrga kelib, raqamli xizmatlarning bir qismini tiklashga muvaffaq boʻlindi, tergov davom etmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media