Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Chorshanba, 11-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Oʻzbekiston

Tailand oʻzbekistonliklar uchun vizasiz kirish masalasini koʻrib chiqishni kechiktirdi

Tailand Oʻzbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni koʻrib chiqishni keyinga qoldirdi. Taklifni muhokama qilishning yangi sanasi hozircha belgilanmagan.

11-noyabr, 15:40По-русски

Read in English

Bu haqda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Omonulla Fayziyev maʼlum qildi. Taklifni koʻrib chiqish avval 9 noyabrga rejalashtirilgan edi, biroq yigʻilish yangi sana eʼlon qilinmagan holda keyinga qoldirildi.

Tailandning viza siyosati boʻyicha qoʻmitasi 30 kunlik vizasiz rejimni nafaqat Oʻzbekiston, balki Meksika va Kolumbiya fuqarolari uchun ham joriy etish masalasini muhokama qilishi kerak edi.

Oʻzbekiston TIV may oyidan buyon mamlakat fuqarolarining Tailandga tashrif buyurishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida kuchaytirilgan diplomatik saʼy-harakatlar olib borilayotganini bildirgan. Bu ishlar doirasida Tailand tashqi siyosat idorasi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazildi. Tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi va Tailand Qirolligi oʻrtasida vizasiz safarlar toʻgʻrisidagi bitimlarni imzolashni rejalashtirmoqda.

Hozirda bitim matnini Tailand koʻrib chiqmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media