Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Chorshanba, 11-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Dunyo

Hamilton Misrga gumanitar missiya bilan keldi

Ferrari piloti Lyuis Hamilton Gʻazo sektoridagi yordam koʻrsatish punktlariga borish uchun Misrga keldi.

11-noyabr, 12:07По-русски

Read in English

Mintaqa maʼmuriyati bayonotiga koʻra, uni El-Arish aeroportida Shimoliy Sinay viloyati gubernatori doktor Xaled Megaver kutib oldi.

Hamilton Rafah chegara punktiga borib, Gʻazo sektoriga gumanitar yuklarni yetkazib berishni muvofiqlashtirayotgan Misr Qizil Yarim Oyi faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, u El-Arishdagi tashkilot omborlariga tashrif buyurdi. Bu yerda yuklar joʻnatishdan oldin tayyorlanadi va taqsimlanadi.

Avvalroq Hamilton bir necha bor Falastinni qoʻllab-quvvatlashini bildirgan va mintaqadagi mojaroni yakunlashga chaqirgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media