Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Chorshanba, 11-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Dunyo

Google oʻzining eng kuchli sunʼiy intellekt modeli Gemini 4 Carbonʼdan foydalanish imkoniyatini ochdi

Model murakkab tahlil uchun moʻljallangan, 10 ming nafar olim esa undan 6 oy davomida bepul foydalanadi

11-noyabr, 18:37По-русски

Read in English

Dastlab, oktabr oyi oxirida Google modelni faqat kiberxavfsizlik sohasida faoliyat yuritadigan kompaniyalarga namoyish qilgan edi. Endi Carbonʼdan ishlab chiquvchilar, korporativ mijozlar, olimlar va oddiy foydalanuvchilar foydalanishi mumkin.

Model chuqur tahlil va koʻp bosqichli mulohazalarni talab qiladigan vazifalar uchun moʻljallangan. Uni dasturlarni ishlab chiqish va xatolarini tuzatish, ilmiy tadqiqotlar, zaifliklarni izlash hamda katta hajmdagi maʼlumotlarni qayta ishlashda qoʻllash taklif etilmoqda. Kundalik soʻrovlar va standart dasturiy taʼminot ishlab chiqish uchun kompaniya Gemini 4 Argonʼni tavsiya qiladi — u tezroq ishlaydi va kamroq resurs sarflaydi.

Dastlabki sinovlar davomida Carbon mutaxassislarga nol kunlik zaifliklarni aniqlashda yordam berdi. Bundan tashqari, model oqsillar tuzilishini bashorat qilishda ham natija koʻrsatdi, bu esa dori-darmonlar ishlab chiqishda qoʻllanishi mumkin. Google tadqiqotlar uchun 10 ming nafar olimga Carbonʼdan olti oy davomida bepul foydalanish imkonini beradi.

Gemini 4 Carbonʼdan Google AI Studio va biznes uchun Geminiʼda foydalanish mumkin. Google AI Ultra obunachilari undan Gemini ilovasida, qidiruv tizimida va Antigravity platformasida ham foydalanishlari mumkin. Ishlab chiquvchilar uchun narx Argonʼning boshlangʻich narxi darajasida belgilangan: 1 million kiruvchi token uchun $2 va 1 million chiquvchi token uchun $10.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media