Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Chorshanba, 11-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Osiyo va Yaqin Sharq

Fors koʻrfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi Kuvaytda qoʻmondonlik markazini tashkil etadi

Fors koʻrfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi Kuvaytda Birlashgan harbiy qoʻmondonlik shtabini tashkil etish va uning tarkibiga qoʻshinlarni joylashtirishga qaror qildi, deb xabar bermoqda Bloomberg.

11-noyabr, 16:23По-русски

Read in English

10 noyabr kuni Fors koʻrfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi Kuvaytda qoʻmondonlik markazini tashkil etishini eʼlon qildi. Bu haqda tashkilot bosh kotibi Jasem al-Budayvining Bahraynda uyushmaga aʼzo davlatlar mudofaa vazirlari uchrashuvidan soʻng eʼlon qilingan bayonotida aytiladi.

Al-Budayvining soʻzlariga koʻra, yangi shtab qoʻshinlar biriktiriladigan Birlashgan harbiy qoʻmondonlik boʻladi.

Bloomberg taʼkidlashicha, mintaqadagi mojaro davlatlarni xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni kuchaytirishga undadi. Biroq hozircha yangi qoʻmondonlik aʼzo davlatlarning havo hujumidan mudofaa tizimlarini birlashtiradimi yoki yoʻqmi, nomaʼlum.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media