Xitoy vazifasi nomaʼlum boʻlgan Pathfinder sunʼiy yoʻldoshini orbitaga chiqardi
11 noyabr kuni Tszyutsyuan kosmodromidan Pathfinder sunʼiy yoʻldoshi Changzheng-2D raketasida uchirildi. Apparatning aniq vazifalari hozircha oshkor qilinmagan.

Xitoy davlat ommaviy axborot vositalari maʼlumotiga koʻra, uchirish mahalliy vaqt bilan soat 19:41 da amalga oshirilgan. Raketa apparatni belgilangan orbitaga olib chiqdi. Ushbu missiya Changzheng raketalari oilasining 677-parvozi boʻldi.
Sunʼiy yoʻldosh Origin Exploration («Kelib chiqishni tadqiq etish») dasturi doirasida yaratilgan, biroq uning uskunalari va aniq vazifalari haqida maʼlumot yoʻq. Dastur nomining oʻzi apparat Olamning kelib chiqishini oʻrganadi, deb taʼkidlash uchun yetarli emas.
Ikki bosqichli Changzheng-2D raketasi Shanxay kosmik texnologiyalar akademiyasi tomonidan ishlab chiqilgan. U suyuq yoqilgʻida ishlaydi va balandligi 700 km boʻlgan Quyosh-sinxron orbitaga 1,3 tonnagacha foydali yukni olib chiqishi mumkin. Tashuvchi raketa sunʼiy yoʻldoshlarni yakka tartibda va guruh boʻlib uchirishga moʻljallangan.





