Norvegiya va Buyuk Britaniya Ukrainaga patrul katerlarini topshiradi
Norvegiya va Buyuk Britaniya Qora dengizdagi dengiz yoʻlagini himoya qilish uchun Ukrainaga qiymati 1 mlrd Norvegiya kronasi ($102,3 mln) boʻlgan ikkita tezkor patrul katerini topshirishni rejalashtirmoqda.

Ikki mamlakat bosh vazirlari bu qoʻllab-quvvatlash haqida Berlinda «koʻmak berishga tayyor davlatlar koalitsiyasi» bilan uchrashuvda maʼlum qildi. Katerlar Yevropalik yetkazib beruvchilarning uskunalari, komponentlari va tizimlari bilan jihozlanadi.
Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Støre soʻzlariga koʻra, hamkorlik Ukrainaning oʻzini, iqtisodiyoti va eksportini himoya qilish, jumladan, Qora dengiz orqali don yetkazib berish qobiliyatini kuchaytirishi kerak.
Norvegiya Ukrainaga yordamni Nansen dasturi orqali moliyalashtirmoqda. Mamlakat hukumati 2027-yilda fuqarolik va harbiy yordam uchun 85 mlrd krona ($8,7 mlrd) ajratishni rejalashtirmoqda.





