Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Chorshanba, 25-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sport

Ekvadorlik futbolchi 8 yilga diskvalifikatsiya qilindi — u hakamning yuziga tosh otdi

Ekvador Futbol Federatsiyasi «Syudad-de-Yantsasa» klubi futbolchisi Jon Perlasani 8 yilga futboldan chetlashtirdi. Uchinchi diviziondagi uchrashuv vaqtida u hakam yordamchisiga tosh otib, uning yuziga tekkizgan.

20-noyabr, 01:17По-русски

Read in English

marca.com

Bu voqea 17 oktabr kuni «Syudad-de-Yantsasa» va «Rio-Aguariko» jamoalari oʻrtasidagi oʻyinda yuz berdi. Hakam jiddiy jarohat oldi va unga jarrohlik amaliyoti oʻtkazishga toʻgʻri keldi. Federatsiya maʼlumotiga koʻra, uning davolanishi va reabilitatsiyasi uchun 60 kungacha vaqt kerak boʻlishi mumkin. Uchrashuv toʻxtatildi va davom ettirilmadi.

Intizom qoʻmitasi tergov oʻtkazib, Perlasani oʻyin rasmiy vakiliga hujum qilganlikda aybdor deb topdi. Futbolchiga 2034 yil 19 oktabrgacha futbol bilan bogʻliq har qanday faoliyat bilan shugʻullanish taqiqlandi.

Federatsiya taqiqni butun dunyoga tatbiq etishni soʻrab, FIFAga murojaat qilmoqchi. Agar FIFA rozi boʻlsa, Perlasa boshqa mamlakatlarda ham futbol bilan shugʻullana olmaydi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Klub ham jazolandi. «Syudad-de-Yantsasa» 2000 dollar jarimaga tortildi, bundan tashqari, klub jarohatlangan hakamning davolanishi uchun yana 4369,73 dollar toʻlashi kerak.

20 oktabr kuni, hodisadan uch kun oʻtib, jamoa rasmiy bayonot berdi. Klub hakamlar brigadasi va muxlislardan uzr soʻradi hamda sport musobaqalarida — stadionlarda ham, ulardan tashqarida ham — har qanday zoʻravonlikni qoraladi.