Xitoyda yangi energiya avtomobillari savdosi 13 foizga kamaydi, ammo bozorning 73,2 foizini egalladi
1–15 noyabr kunlari Xitoyda 447 mingta yangi energiya avtomobili sotildi — bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 13 foiz kam. Shu bilan birga, savdo oktabr oyining dastlabki yarmiga nisbatan 7 foizga oshdi, bunday avtomobillarning yengil avtomobillar bozoridagi ulushi esa 73,2 foizga yetdi.

Xitoy yoʻlovchi avtomobillari assotsiatsiyasi (CPCA) maʼlumotlariga koʻra, yangi energiya avtomobillarining ulgurji yetkazib berilishi yillik hisobda 3 foizga oshib, 592 ming donaga yetdi.
Assotsiatsiya avtomobil ishlab chiqaruvchilar yillik savdo rejalarini bajarishga intilib, yangi modellarni ishlab chiqarishni tezlashtirayotganini qayd etdi. Biroq avtomobillarning bir qismi dilerlarda qolib ketmoqda: ular aylanma mablagʻ yetishmasligi va zaxiralar koʻpayishi muammosiga duch kelmoqda. Ulgurji yetkazib berish bilan chakana savdo oʻrtasidagi tafovut xaridorlar tomonidan talab sust ekanini koʻrsatadi.
Yaqin vaqt ichida bozorga Guanchjou avtosalonida yangi modellarning taqdim etilishi hamda yil oxirida trade-in dasturi boʻyicha subsidiyalar amal qilishining yakunlanishi oldidan avtomobillarni almashtirishga boʻlgan talab taʼsir koʻrsatishi mumkin.





