BepiColombo sakkiz yillik parvozdan soʻng Merkuriy orbitasiga chiqdi
U bilan aloqa oʻrnatildi, mutaxassislar tizimlarini tekshirmoqda.

Yevropa–Yaponiya dasturi Quyoshga eng yaqin sayyora haqida yangi maʼlumotlar taqdim etishi kerak. Merkuriy Quyosh tizimining eng kam oʻrganilgan obyektlaridan biri boʻlib qolmoqda.
BepiColombo 2018 yilda Fransuz Gvianasidagi Kuru kosmodromidan uchirilgan. Merkuriygacha yetib borish uchun apparat gravitatsion manyovrlar turkumidan foydalandi. Yevropa kosmik agentligi maʼlumotiga koʻra, hozir mutaxassislar uning tizimlarini tekshirmoqda.
Apparat turli ilmiy uskunalar bilan jihozlangan Yevropa va Yaponiya qismlaridan iborat. Ularni ajratish 9–10 dekabrga rejalashtirilgan, dastlabki ilmiy maʼlumotlar esa kelasi yil aprelida kutilmoqda.
BepiColombo Merkuriy sayyorasini batafsil oʻrganayotgan uchinchi apparat boʻldi. 1970-yillarning oʻrtalarida Amerikaning «Mariner-10» apparati sayyora yonidan bir necha marta uchib oʻtdi. 2010-yillarning boshida Amerikaning «Messenger» apparati uni orbitadan tadqiq qildi.





