Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Chorshanba, 25-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Madaniyat

«Gremmi-2027»da qaysi idol ijodkorlar nominatsiya oldi

Mukofot tarixida ilk bor Best Asian Pop Music Performance («Osiyo pop musiqasining eng yaxshi ijrosi») kategoriyasi joriy etildi. Unda oltita kompozitsiya taqdim etilgan.

18-noyabr, 14:57По-русски

Read in English

elle.com

6-noyabr kuni Recording Academy «Gremmi»ning 69-marosimi nominantlarini eʼlon qildi.

Roʻyxatdan BABYMETAL va Polyphia ijrosidagi «SUNSET KISS», BINI ijrosidagi «UNANG KILIG», IVE ijrosidagi «BANG BANG», KiiiKiii ijrosidagi «404 (NEW ERA)», LiSA ijrosidagi «YES» hamda SB19 ijrosidagi «VISA» oʻrin oldi.

BLACKPINK guruhidan Jenniega alohida eʼtibor qaratish lozim: u Avstraliyaning Tame Impala musiqiy loyihasi bilan birga «Dracula» qoʻshigʻi uchun Record of the Year va Best Pop Duo/Group Performance kategoriyalarida ikki nominatsiyani qoʻlga kiritdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yangi Osiyo kategoriyasi nominantlari orasida Yaponiya, Janubiy Koreya va Filippin sanʼatkorlari bor.

«Gremmi»ning 69-mukofotlash marosimi 2027-yil 7-fevral kuni Los-Anjelesda boʻlib oʻtadi. Toʻgʻridan-toʻgʻri efir ABC, Disney+ va Hulu platformalarida namoyish etiladi.