Olimlar 2-tur diabeti bilan Altsgeymer kasalligi xavfi oshishi oʻrtasidagi bogʻliqlikni aniqladi
40 ta tadqiqot sharhi shuni koʻrsatdiki, 2-tur diabeti bor odamlarda Altsgeymer kasalligiga chalinish xavfi diabeti yoʻq odamlarga qaraganda 53 foizga yuqori.

Tadqiqotchilar 40 ta ish maʼlumotlarini baholab, 2-tur diabeti bor 1 000 kishidan taxminan 4,7 nafarida bir yil ichida Altsgeymer kasalligi rivojlanishini aniqladi.
Alohida tahlil kasallikning tuzatilgan nisbiy xavfi 2-tur diabeti boʻlmagan odamlarga qaraganda 53 foizga yuqori ekanini koʻrsatdi. Mualliflar diabetning aynan shu turi bilan Altsgeymer kasalligi oʻrtasidagi bogʻliqlikni oʻrgangan, boshqa diabet turlari yoki demensiya boʻyicha maʼlumotlarni birlashtirmagan.
Sharhni Curtin University boshchiligidagi guruh tayyorlagan. Tadqiqot Alzheimerʼs Research & Therapy jurnalida eʼlon qilingan.





