Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Chorshanba, 25-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Iqtisodiyot

Sunʼiy intellekt bilan bogʻliq kompaniyalar aksiyalari Applied Digitalʼning milliardlab dollarlik kelishuvidan soʻng keskin oshdi

Amerikaning Applied Digital kompaniyasi aksiyalari nomi oshkor etilmagan yirik bulutli hisoblash operatori bilan 5,4 milliard dollarlik uzoq muddatli kelishuv tuzilganidan soʻng 26 foizga qimmatlashdi. Sunʼiy intellekt infratuzilmasini rivojlantirish haqidagi xabarlar fonida ushbu sohadagi boshqa kompaniyalar kotirovkalari ham oshdi.

24-noyabr, 16:10По-русски

Read in English

247wallst.com

Applied Digital maʼlumotlar markazi quvvatlarini 18 yil muddatga ijaraga berish toʻgʻrisida shartnoma imzoladi. Yirik bulutli xizmatlar operatori 150 MW hajmidagi hisoblash quvvatlaridan foydalanish imkoniga ega boʻladi. Shartnomaning bazaviy qiymati 5,4 milliard dollarni tashkil etadi, uzaytirish boʻyicha barcha opsiyalardan foydalanilganda esa 33 yilgacha boʻlgan muddat davomida 12,7 milliard dollarga yetishi mumkin. Quvvatlarni topshirishni 2028 yilning birinchi yarmida boshlash kutilmoqda.

Bu xabar sunʼiy intellekt uchun infratuzilma ishlab chiqayotgan boshqa kompaniyalar aksiyalarini ham qoʻllab-quvvatladi. Cipher Digital aksiyalari 19 foizga, TeraWulf aksiyalari 15 foizga, Core Scientific aksiyalari esa 14 foizga oshdi. IREN aksiyalari bundan ham koʻproq — 28 foizga qimmatlashdi.

Oʻsishga qoʻshimcha turtki NVIDIA bosh direktori lavozimiga Jensen Huang qaytishi haqidagi xabar boʻldi. Shu fonʼda kompaniya aksiyalari 27 foizga oshdi.

Investorlarning sohaga qiziqishi maʼlumotlar markazlari va sunʼiy intellekt uchun hisoblash quvvatlariga talab ortib borayotgani fonida kuchaydi. Biroq soha kompaniyalari katta qarz yuklamasiga duch kelmoqda, aksiyalarining keyingi dinamikasi esa keng koʻlamli infratuzilma loyihalarini amalga oshirish va ularni moliyalashtirish qobiliyatiga bogʻliq boʻladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media