Luca Guadagnino «Amerikalik psixopat» remeykidan voz kechdi
Rejissyor Luca Guadagnino Bret Easton Ellisning «Amerikalik psixopat» romani asosidagi yangi ekranlashtirish ustida endi ishlamaydi. Rejissyor bu haqda Deadline Crew Call podkastida aytib, Scott Z. Burns ssenariysiga yuqori baho berganiga qaramay, loyiha u uchun yopilganini taʼkidladi.

«“Amerikalik psixopat”ning fantastik ssenariysi bor edi. Afsuski, hozircha bu loyiha men uchun amalga oshmaydi», — dedi Guadagnino.
Lionsgate studiyasi rejissyorni loyihaga jalb qilganini 2024 yil oktabrida eʼlon qilgan edi. Oʻsha paytda Scott Z. Burnsga ssenariy tayyorlash topshirildi. Yangi film 1991 yilda chiqqan romanning mustaqil talqini boʻlishi, Patrick Bateman rolini Christian Bale ijro etgan 2000 yilgi filmning takrori boʻlmasligi kerak edi.
Asl film ikki xil hayot kechiradigan, muvaffaqiyatli biznesmen qiyofasi ortida shafqatsiz mayllarini yashiradigan Nyu-Yorklik moliyachi haqida hikoya qiladi. Film kult maqomiga ega boʻldi.
Hozircha Lionsgate ekranlashtirish ustida boshqa rejissyor bilan ishlashni davom ettiradimi yoki loyihadan butunlay voz kechadimi — bu haqda maʼlum qilmagan.





