Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Chorshanba, 25-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Texnologiyalar

Olimlar kosmosdagi yadroviy portlash sunʼiy yoʻldoshlarga xavf tugʻdirishidan ogohlantirdi

Kosmosdagi yadroviy portlash portlash joyidan ancha uzoqda boʻlgan sunʼiy yoʻldoshlarga ham zarar yetkazishi mumkin. Habr yozishicha, 1962-yilda AQSh oʻtkazgan sinovlar tajribasi buni yana bir bor koʻrsatadi.

13-noyabr, 17:16По-русски

Read in English

habr.com

1962-yil 9-iyulda AQSh Tinch okeani ustida Starfish Prime sinovini oʻtkazdi. Quvvati 1,4 megatonna boʻlgan zaryad taxminan 400 km balandlikda portlatildi. Natijada Yer atrofida bir nechta sunʼiy yoʻldoshga zarar yetkazgan sunʼiy radiatsiya kamari hosil boʻldi.

Zarar koʻrgan apparatlar orasida Amerikaning Transit 4B navigatsiya sunʼiy yoʻldoshi va aloqa uchun moʻljallangan ilk tijoriy sunʼiy yoʻldosh Telstar 1 ham bor edi. Nurlanish elektronika ishini buzdi va quyosh batareyalarining eskirishini tezlashtirdi.

Bugungi kunda bunday portlash sunʼiy yoʻldosh aloqasi, navigatsiya va Yerni kuzatish tizimlariga jiddiy xavf tugʻdirishi mumkin. Biroq oqibatlar koʻlami portlash quvvatiga, balandligiga va orbitalarning joylashuviga bogʻliq.

Zamonaviy sunʼiy yoʻldoshlarning aniq yoʻqotishlarini oldindan aytish qiyin: bunday sinovlar 60 yildan ortiq vaqt davomida oʻtkazilmagan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media