Voyager 1 Yerdan bir yorugʻlik kuni masofasiga uzoqlashdi
Voyager 1 kosmik apparati tarixiy rekord oʻrnatdi: 2026-yil 18-noyabr kuni undan Yergacha boʻlgan masofa 25,9 milliard kilometrga yetdi. Bu taxminan bir yorugʻlik kuniga teng — radio signali bunday masofani bosib oʻtishi uchun ketadigan vaqt shuncha.

Endi Yerdan zondga yuborilgan buyruq taxminan 24 soatda yetib boradi, javob signali uchun ham yana shuncha vaqt kerak boʻladi.
Voyager 1 1977-yil sentabrida kosmosga uchirilgan. Qariyb yarim asr davomida u insoniyat yaratgan, Yerdan eng uzoqda joylashgan obyektga aylandi. Uning yoʻli Yupiter va Saturn yonidan oʻtdi, shundan soʻng apparat Quyosh tizimi chegaralaridan tashqariga yoʻl oldi.
Uning egizagi Voyager 2 hozircha Yerga yaqinroq masofada joylashgan. Hisob-kitoblarga koʻra, u shunday masofaga taxminan 2035-yilda yetadi.
Har ikki zond allaqachon yulduzlararo fazoni tadqiq qilmoqda. Yoshiga qaramay, ular ilmiy maʼlumotlarni uzatishda davom etmoqda. Biroq energiya zaxirasi asta-sekin kamaymoqda, shu bois NASA apparatlar ishini uzaytirishga urinib, ayrim qurilmalarni oʻchirib qoʻymoqda.





