Jeff Bezos Robert Pattinsonni Jeyms Bond roliga ilgari surdi — sababi shunda
Amazon rahbari Jeff Bezos Robert Pattinsonni Jeyms Bond roliga faol ravishda tavsiya qilganini aytdi. Pattinsonning ijrosi Bezosda boshqa nomzodlarning chiqishlaridan koʻra kuchliroq taassurot qoldirgan.

Bezos Semaforʼning «Kremniy vodiysi va dunyo» tadbirida Deni Vilnyovning boʻlajak filmida 007 agenti rolini kim ijro etishi tanlovi haqida gapirdi. Film Amazon MGM ishtirokida suratga olinayotgani bois Amazon rahbarining fikri, koʻrinib turibdiki, hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlgan.
Jamoa finalga chiqqan besh nomzodning sinovlarini koʻrib chiqdi. Ularning har biri uch xil sahnani ijro etdi, shundan soʻng tanlov ishtirokchilari yozuvlarni tomosha qilish va muhokama qilish uchun bir necha soat sarflashdi. Bezosning soʻzlariga koʻra, barcha aktyorlar oʻzini juda yaxshi koʻrsatgan, biroq Pattinsonning ijrosida oʻziga xos nimadir bor edi. Muhokama yakunida Bezos ham, Vilnyov ham uning nomzodini maʼqul koʻrgan.
Amazon rahbari tanlov oldidan yuzaga kelgan shubhalar haqida ham gapirdi. U tomoshabinlar Pattinsonning allaqachon mavjud boʻlgan mashhurligi sababli unga nisbatan xolis boʻlmagan munosabatda boʻlishidan xavotirlangan. Bezosning aytishicha, Bond rolini avval ijro etgan aktyorlar franshizada ishtirok etganidan keyin mashhur boʻlishgan.





