Oʻzbekiston va Turkiya togʻ-kon sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda
Oʻzbekiston va Turkiya togʻ-kon sanoati hamda geologiya sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga kelishdi. Forumda Nakkaş Holding bilan bitim imzolandi.

Forum Oʻzbekiston-Turkiya biznesni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yuqori darajadagi kengashining birinchi yigʻilishi doirasida oʻtkazildi.
Tadbirda Oʻzbekiston togʻ-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi oʻrinbosari Feruza Hamidova soʻzga chiqdi. U sohadagi islohotlar, mineral-xomashyo bazasini kengaytirish hamda ikki davlat hamkorligining istiqbolli yoʻnalishlari haqida gapirdi.
Forum doirasida Eksim Holding, Oyak Holding, Limak Yatırım, Cengiz Enerji va Altınordu Madencilik vakillari bilan muzokaralar oʻtkazildi. Nakkaş Holding bilan alohida uchrashuv ham boʻlib oʻtdi. Yakunida tomonlar hamkorlikni kengaytirishga kelishib, bitim imzoladilar.





