Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Chorshanba, 25-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sport

Oʻzbekiston terma jamoasi parataekvondo boʻyicha JChda uch medal oldi

Oʻzbekiston terma jamoasi Janubiy Koreyaning Muju shahrida oʻtgan parataekvondo boʻyicha JChda ikki oltin va bir kumush medalni qoʻlga kiritdi.

24-noyabr, 11:22По-русски

Read in English

G-14 toifasidagi jahon chempionati Koreya Respublikasining Muju shahrida boʻlib oʻtdi. Turnirda 62 mamlakatdan 245 nafar parasportchi qatnashdi. Musobaqa Paralimpiya oʻyinlari uchun reyting ochkolarini ham taqdim etdi.

Lutfullo Kodirov K41 klassida 63 kg vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Guljanoy Naimova esa K44 klassining 65 kg vazn toifasida gʻolib boʻldi.

Jamoaga yana bir medalni Asadbek Toshtemirov olib berdi. U K44 klassida 80 kgdan yuqori vazn toifasida kumush medalni qoʻlga kiritdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media