«Mavsumdagi eng yomon poyga». Alonso — Las-Vegas Gran-prisida Honda dvigatelidagi nosozliklar haqida
Formula-1ning ikki karra chempioni Fernando Alonso Las-Vegas Gran-prisidan dvigatelning sust ishlashi sabab chiqib ketganini aytdi: uning soʻzlariga koʻra, dvigatel poyga oxirida ishdan chiqqan.

Aston Martin piloti poyganing soʻnggi ikki aylanasida safdan chiqdi. Alonso dvigatel bilan bogʻliq muammolar saralashdayoq namoyon boʻlganini va butun poyga davomida saqlanganini aytdi: mashina hatto jamoadoshi Lens Strollning mashinasiga nisbatan ham toʻgʻri yoʻllarda vaqt yoʻqotgan.
Toʻgʻri uchastkalarda ispaniyalik haydovchi 2–3 soniyadan yutqazdi, biroq burilishlarda bu yoʻqotishni qopladi. Uning baholashicha, Aston Martin avtomobili raqiblaridan koʻra burilishlardan yaxshiroq oʻtgan va shu tufayli u mashinalar guruhida qolgan. Biroq toʻgʻri yoʻllardagi tezlik nuqtayi nazaridan Alonso Las-Vegas bosqichini, ehtimol, mavsumdagi eng yomon poyga deb atadi.





