Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Chorshanba, 25-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Jamiyat

194 yoshli toshbaqa DNKsida qarishga qarshi hayratlanarli sir topildi

Olimlar 194 yoshli Jonatanning qarishdan himoyalanish bilan bogʻliq 287 ta genetik variantini aniqladi. Unda DNKni tiklash va moddalar almashinuviga oid genlar boshqarilishi ham barqaror qolgan.

25-noyabr, 00:22По-русски

Read in English

sciencedaily.com

Jonatan — Aldabra gigant toshbaqasi boʻlib, taxminan 1832 yilda tuxumdan chiqqan. U maʼlum boʻlgan eng keksa tirik quruqlik hayvoni va eng keksa tirik gigant toshbaqa hisoblanadi.

Tadqiqotchilar uning genomi va genlar faolligini boshqaruvchi kimyoviy belgilar tizimi — epigenomini oʻrgandi. Uni shu turning yoshroq toshbaqalari bilan taqqoslash DNK tiklanishi va moddalar almashinuviga oid mexanizmlar deyarli oʻzgarmaganini koʻrsatdi. Olimlar yalligʻlanish, insulin taʼsiri va saratonni bostirishga taʼsir qiluvchi variantlarni ham aniqladi.

Bu gigant toshbaqa epigenomining ilk tadqiqotidir. Tadqiqotda qatnashgan Kembrij universiteti biologi Jastin Gerlaxning aytishicha, energiya ishlab chiqarish va DNKni tiklash bilan bogʻliq genlar regulyatorlari qariyb ikki asr davomida barqaror qolgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Jonatan umrining katta qismini Muqaddas Yelena orolida, gubernator qarorgohi hududida oʻtkazdi. Uni 144 yil avval Seyshel orollaridan orolga allaqachon voyaga yetgan holda olib kelishgan.

Mualliflar uzoq umr koʻruvchi hayvonlarni oʻrganish qarish mexanizmlarini tushunishga yordam berib, kelajakda odamlardagi yoshga bogʻliq kasalliklarni davolash yondashuvlarini koʻrsatishi mumkin, deb hisoblaydi. Biroq bunday usullarni yaratish uchun qoʻshimcha tadqiqotlar zarur.