Xiaomi rahbari avtosalondan mashinasiz ketishni istamagan bola haqidagi videoga munosabat bildirdi
Xiaomi rahbari Lei Jun kompaniya avtomobilisiz avtosalondan ketishni istamagan kichik bola haqidagi videoga eʼtibor qaratdi. Rolikni 21 noyabr kuni avtomobil blogeri Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmogʻida eʼlon qilgan.

Kadrlarda bola elektr tomi koʻtarilgan Xiaomi Skynomad N90 Max Studio krossoveri tomon yoʻl olmoqda. Post muallifi hazil tariqasida bolakay avtomobil sotib olishni talab qilayotganini yozgan.
23 noyabr kuni Lei Jun videoni ulashib, bola aynan qaysi modelni tanlagani bilan qiziqdi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari kompaniya rahbari oilaga avtomobil sovgʻa qilishi mumkinligini taxmin qilishdi, biroq na uning oʻzi, na Xiaomi bunday vaʼda bergan.
N90 Max Studio modeli elektr koʻtariluvchi tom ostida qoʻshimcha boʻsh joy bilan jihozlangan. Xitoyda avtomobil 299,9 ming yuan (taxminan $44,9 ming) turadi.





