Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Chorshanba, 25-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Iqtisodiyot

Toshkentda Gulf brendi ostida yoqilgʻi quyish shoxobchalari tarmogʻini tashkil etish rejalashtirilmoqda

Poytaxt hokimiyati delegatsiyaning Sietlga tashrifi davomida AQSh kompaniyasi bilan memorandum imzoladi.

20-noyabr, 19:43По-русски

Read in English

Toshkentda Gulf brendi ostida avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari tarmogʻini ochish rejalashtirilmoqda. Tegishli hamkorlik memorandumi poytaxt hokimiyati va Gulf Petrocas Energy Group tomonidan imzolandi.

Hujjat 18–19 noyabr kunlari hokim Shavkat Umurzoqov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasining AQShning Sietl shahriga ishchi tashrifi chogʻida tuzildi. Tomonlar investitsiyaviy hamkorlik istiqbollari va Amerika biznesining Toshkentni rivojlantirishdagi ishtirokini muhokama qildi.

Tashrif doirasida delegatsiya Amazon Web Services kompaniyasi bilan axborot texnologiyalari sohasidagi hamkorlik masalalarini ham muhokama qildi. Bundan tashqari, 2027 yilda Toshkentda Butunjahon raqamli konferensiyasini oʻtkazish imkoniyati koʻrib chiqildi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media