Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Chorshanba, 25-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Iqtisodiyot

Anthropicʼning kutilayotgan IPOʻsi ixcham oilaviy investitsiya ofislarini paydo qilishi mumkin

Claude chat-botini ishlab chiqqan kompaniyaning IPOʻsi yosh millionerlar va investorlarning yangi avlodi paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin, deb yozadi CNBC.

21-noyabr, 01:23По-русски

Read in English

cnbc.com

AQShning Anthropic kompaniyasining birjaga chiqishi uning xodimlari va dastlabki investorlarining boyligini sezilarli darajada oshirishi mumkin. Altss tahliliy platformasi bahosiga koʻra, kelgusi uch yil ichida ushbu voqea fonida 15–20 ta yangi oilaviy investitsiya ofisi paydo boʻlishi mumkin. Kompaniya bilan bogʻliq yana qariyb 70 ta oila esa allaqachon faoliyat yuritayotgan investitsiya tashkilotlari xizmatlariga murojaat qilishi mumkin.

Yuristlar va moliyaviy maslahatchilar CNBCʼga Anthropic xodimlari hamda dastlabki investorlaridan oʻz kapitalini boshqarish uchun mustaqil tuzilmalar yaratmoqchi boʻlganlar allaqachon murojaat qilayotganini bildirdi.

Koʻp sonli mutaxassislarga ega anʼanaviy oilaviy ofislardan farqli ravishda, yangi kompaniyalar ixcham ishlashni rejalashtirmoqda: ular texnologiyalardan foydalanadi, tashqi maslahatchilarni jalb qiladi va investitsiyalarni boshqarishni uchinchi tomon ekspertlariga topshiradi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Boʻlajak investorlarning koʻpchiligi nisbatan yosh boʻlib, nafaqat jamgʻargan mablagʻlarini saqlab qolishni, balki ularni yangi startaplar va texnologik loyihalarga kiritishni ham rejalashtirmoqda.

Shu bilan birga, ekspertlar qimmatga tushadigan tuzilmalarni yaratishga shoshilmaslikni tavsiya qilmoqda: IPOʻdan keyin aksiyalar narxi oʻzgarib turishi mumkin, olingan kapitalning bir qismi esa sotuvga qoʻyish boʻyicha cheklovlar sabab vaqtincha mavjud boʻlmaydi.