Crave «Baba-yaga» serialining ikkinchi mavsumiga buyurtma berdi
Kanadaning Crave striming servisi «Baba-yaga» fantastik detektivining ikkinchi mavsumiga rasman buyurtma berdi. Birinchi mavsum oktyabrda namoyish etilib, Rotten Tomatoesʼda 75% oldi.
24-noyabr, 23:26По-русски

hollywoodreporter.com
Serialda bosh rollarni Kerri-Enn Moss va Hadson Uilyams ijro etgan. Loyiha Ket Sendler 2019 yilda yozgan pyesa asosida yaratilgan.
Syujetga koʻra, xususiy tergovchi kichik sohilboʻyi shahrida baliqchilik imperiyasi merosxoʻrining gʻoyib boʻlishini tekshiradi. Tergov uni Ketrin ismli sirli universitet oʻqituvchisiga olib boradi — u oʻzidan yoshroq erkaklarga qiziqadi.





