Anthropic Mythos va Fableʼdan foydalanishda maʼlumotlarni saqlash qoidalarini yumshatmoqda
Anthropic korporativ mijozlarga Mythos va Fable soʻrovlari hamda javoblarini oʻz serverlarida saqlash imkonini beruvchi tizimni joriy qila boshladi; 30 kunlik majburiy muddat saqlanadi.

Anthropic biznes mijozlari uchun Enterprise Frontier Safeguards nomli nazorat tizimining dastlabki versiyasini joriy qila boshladi. Tizim maʼlumotlarni mijozning oʻzida saqlashni modellardan ehtimoliy suiisteʼmol qilinishini tekshirish bilan uygʻunlashtirishga qaratilgan.
Kompaniya hamon foydalanuvchi soʻrovlari va modellar javoblarini 30 kun davomida saqlashni talab qiladi, biroq endi ularni mijozning oʻz serverlarida joylashtirishga ruxsat beradi. Mythos va Fable himoyasi yoʻnalishi rahbari Jon Tu rou Bloombergʻga Anthropic kiberhujum ehtimolini koʻrsatuvchi belgilarni aniqlash uchun muntazam ravishda 15 daqiqalik tekshiruvlar oʻtkazishini aytdi. Muammo aniqlansa, avtomatik tizimlar mijozni ham, Anthropicning oʻzini ham xabardor qiladi, biroq kompaniya tegishli maʼlumotlarga kirish huquqini olmaydi.
Anthropic avval Mythos va Fableʼning iyunda chiqariladigan beshinchi versiyasi chiqqach, bunday maʼlumotlarni ehtimoliy qoidalarga zid foydalanishni tekshirish uchun oʻzida 30 kun saqlashini bildirgan edi. Bu shart korporativ mijozlarning noroziligiga sabab boʻldi. OpenAI avgustda maʼlumotlarni nol muddat saqlash siyosati joriy etilgani haqida eʼlon qilganidan soʻng, Anthropic EFS ishlab chiqilayotganini maʼlum qildi.





