«Yil oson kechmadi»: Nadal Alkarasni ATP yakuniy turniridagi gʻalabasi bilan tabrikladi
Katta dubulgʻa turnirlarining 22 karra chempioni Rafael Nadal vatandoshi Karlos Alkarasni 2026 yilgi ATP yakuniy turniridagi chempionligi bilan tabrikladi.
24-noyabr, 00:39По-русски

championat.com
Finalda jahon reytingining uchinchi raketkasi, hisobida yettita «Katta dubulgʻa» chempionligi boʻlgan Alkaras reyting yetakchisi Aleksandr Zverevni ikki setda — 6:2, 7:6 (9:7) hisobida magʻlub etdi.
Nadal ijtimoiy tarmoqlarda Alkarasga murojaat yoʻlladi. U Karlos uchun mavsum ogʻir kechganini tan olib, tennischi mavsumni shunday nufuzli turnirdagi gʻalaba bilan yakunlagani va shu bilan birga yorqin tennis namoyish etganidan xursandligini bildirdi. Nadal yakunda Alkarasga Devis kubogida muvaffaqiyat tiladi.





