Tretyak IIHFni Rossiyani 2027 yilgi yoshlar JChiga kiritish yoki Kanadani jazolashga chaqirdi
Rossiya xokkey federatsiyasi prezidenti Vladislav Tretyak IIHFni Rossiya terma jamoasini 2027 yilgi yoshlar JChiga kiritish yoki turnirni koʻchirish va Kanadaga sanksiya qoʻllashga chaqirdi.

Tretyakning aytishicha, rossiyalik xokkeychilar yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida qatnashish uchun Kanadaga kira olmasa, Xalqaro xokkey federatsiyasi bunga munosabat bildirishi kerak. U mumkin boʻlgan choralar qatorida turnirni koʻchirish, uni bekor qilish yoki Kanadaga qarshi sanksiyalar qoʻllashni sanadi.
Avvalroq Kanada bosh vaziri Mark Karni mamlakat Rossiya yoshlar terma jamoasining 2027 yilgi yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida qatnashishiga yoʻl qoʻymasligini aytgandi. Tretyak Rossiya tomoni bu masalaga yechim topishga intilishi va uning rivoji haqida maʼlumot berishini bildirdi.





