Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Chorshanba, 25-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Jamiyat

Oʻzbekistonda maishiy gaz ballonlarini toʻldirish qoidalariga aniqlik kiritildi

Oʻzbekistonda maishiy gaz ballonlarini avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarida toʻldirish taqiqlangan. 2027-yil 5-fevraldan buning uchun maʼmuriy javobgarlik kuchga kiradi; ballonlarni tegishli ruxsatnomalarga ega ixtisoslashtirilgan gaz toʻldirish stansiyalari va punktlarida toʻldirishga ruxsat beriladi.

24-noyabr, 21:48По-русски

Read in English

Ballonlarni avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarida toʻldirish taqiqi yongʻin xavfsizligi qoidalarida belgilangan. Shu bilan birga, aholi uchun ballonlarni toʻldirish cheklanmaydi: buni tegishli ruxsatnomalarga ega ixtisoslashtirilgan gaz toʻldirish stansiyalari va punktlarida amalga oshirish mumkin.

Oʻzbekistonda 360 dan ortiq mustaqil gaz toʻldirish stansiyalari va punktlari faoliyat yuritadi. Aholi uchun ballonlarni toʻldirishni qulayroq qilish maqsadida faoliyat yuritayotgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari hududida xavfsizlik talablariga javob beradigan alohida postlar tashkil etish taklif qilindi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media